«ochiq budjet» tegli maqolalar


Texnik nosozliklar tufayli “Tashabbusli budjet” bo‘yicha ovoz berish jarayoni 16-martgacha to‘xtatildi
13 mart 2024, 12:21

Texnik nosozliklar tufayli “Tashabbusli budjet” bo‘yicha ovoz berish jarayoni 16-martgacha to‘xtatildi

Texnik nosozliklar sabab “Ochiq budjet” portalida ovoz berish jarayonlari vaqtincha to‘xtatiladi va 16-mart soat 00:00 dan boshlab davom ettiriladi, deya xabar berdi Iqtisodiyot va moliya vazirligi. Ayni vaqtda mutaxassislar kamchiliklarni bartaraf etish ustida ishlamoqda.

“Yashil makon” mablag‘larining kamida yarmi jamoatchilik fikri asosida shakllangan loyihalarga yo‘naltiriladi
24 noyabr 2023, 11:15

“Yashil makon” mablag‘larining kamida yarmi jamoatchilik fikri asosida shakllangan loyihalarga yo‘naltiriladi

Budjetdan “Yashil makon” loyihasiga ajratiladigan mablag‘larning kamida 50 foizi “Ochiq budjet” portali orqali jamoatchilik fikri asosida shakllangan “Mening bog‘im” loyihalarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi. Bunda “yashil bog‘lar” va “yashil jamoat parklari”ni tashkil qilish rejalashtirilgan.

“Mening yo‘lim” loyihasi g‘oliblari e’lon qilindi
8 may 2023, 09:33

“Mening yo‘lim” loyihasi g‘oliblari e’lon qilindi

“Mening yo‘lim” loyihasining 2023-yilgi mavsumiga ovoz berish yakunlandi. Jami 517 ta loyiha g‘olib deb topildi, endi ularga 412 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltiriladi. Joylarda fuqarolar bayram qilishni boshlab yubordi.

O‘quvchilari Open budget uchun SIM-karta olishga pul yiqqan maktab direktori ishdan bo‘shatildi
29 mart 2023, 20:40

O‘quvchilari Open budget uchun SIM-karta olishga pul yiqqan maktab direktori ishdan bo‘shatildi

Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida o‘quvchilari «Ochiq budjet» loyihasida ovoz to‘plashga SIM-karta sotib olish uchun pul yig‘ishga jalb qilingan maktab direktori ishdan bo‘shatildi. Viloyat hokimi haqiqatan ham ehtiyoj bo‘lsa, maktabni mahalliy budjet hisobidan jihozlash bo‘yicha topshiriq berdi.

O‘zbekistonda “Tashabbusli budjet”ning ovoz berish bosqichi boshlandi
18 mart 2023, 13:46

O‘zbekistonda “Tashabbusli budjet"ning ovoz berish bosqichi boshlandi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi “Tashabbusli budjet” bo‘yicha ovoz berish boshlanganini e’lon qildi. Fuqarolar infratuzilmani yaxshilash, yo‘llar qurish, maktablarni ta’mirlash va boshqa loyihalarga ovoz berish orqali mahalliy budjetning jami 1,7 trln so‘mlik qismini taqsimlashda ishtirok etishi mumkin.

O‘zbekistonda «Tashabbusli budjet»ning yangi mavsumi boshlandi
6 fevral 2023, 15:11

O‘zbekistonda «Tashabbusli budjet»ning yangi mavsumi boshlandi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi tashabbusli budjetlashtirishning yangi mavsumi boshlanganini e’lon qildi. Unda fuqarolar infratuzilma, yo‘l, maktab va boshqa obyektlarni yaxshilash bo‘yicha loyihalarni taklif etib, mahalliy budjetning bir qismini taqsimlashda ishtirok etadi. Takliflar 26 fevralgacha qabul qilinadi.

«Tashabbusli budjet» orqali g‘olib bo‘lmagan 364 ta loyiha qo‘shimcha moliyalashtiriladi
26 oktabr 2022, 15:16

«Tashabbusli budjet» orqali g‘olib bo‘lmagan 364 ta loyiha qo‘shimcha moliyalashtiriladi

Prezident qarori bilan tashabbusli budjetlashtirish jarayonlarida 2 mingdan ortiq ovoz to‘plagan, ammo g‘olib deb topilmagan 364 ta loyihaga qo‘shimcha 335 mlrd so‘m yo‘naltiriladi.

Poytaxt va 7 ta hudud hokimiyatlari mahalliy budjetlar ochiqligi bo‘yicha talablarni buzdi
19 may 2022, 11:46

Poytaxt va 7 ta hudud hokimiyatlari mahalliy budjetlar ochiqligi bo‘yicha talablarni buzdi

Toshkent shahri va 7 ta hudud hokimiyatlari ochiq ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga zid ravishda mahalliy budjetlarning ijrosi va birinchi chorakda mablag‘larni yo‘naltirish maqsadlari to‘g‘risidagi axborotlarni joylashtirmagan. Ular Antikorrupsiya agentligi tomonidan ogohlantirildi.

Fuqarolarning yana 139 ta tashabbusiga 85,4 mlrd so‘m ajratiladi
7 aprel 2022, 23:36

Fuqarolarning yana 139 ta tashabbusiga 85,4 mlrd so‘m ajratiladi

Prezident qarori bilan «Ochiq budjet» portalida tashabbuskor budjet doirasidagi 139 ta loyihani moliyalashtirish uchun qo‘shimcha 85,4 mlrd so‘m yo‘naltirildi. Gap har biri 2000 dan ortiq ovoz olgan (jami 480 mingdan ortiq ovoz), lekin ovoz berish jarayonida g‘olib deb topilmagan loyihalar haqida bormoqda.

2022 yilda O‘zbekistonning umumiy tashqi qarzi 33,5 mlrd dollarni tashkil etishi kutilmoqda
25 noyabr 2021, 08:55

2022 yilda O‘zbekistonning umumiy tashqi qarzi 33,5 mlrd dollarni tashkil etishi kutilmoqda

2022 yil yakuniga umumiy davlat qarzi 33,5 mlrd dollar yoki YAIMga nisbatan 45,2 foizni tashkil etishi prognoz qilinmoqda. Shundan, davlat tashqi qarzi 30,4 mlrd dollarni yoki YAIMga nisbatan 41 foizni tashkil etadi. 2022 yilda kutilayotgan budjet taqchilligining 66 foizi tashqi manbalar hisobidan qoplanishi mo‘ljallanmoqda.

«Ochiq budjet» axborot portalidagi jamoatchilik fikri orqali ichki yo‘llar ta’mirlanadi
23 sentabr 2021, 17:42 1

«Ochiq budjet» axborot portalidagi jamoatchilik fikri orqali ichki yo‘llar ta’mirlanadi

Prezident 1 oktabrgacha «Ochiq budjet» axborot portalidagi takliflar soni 100 tadan ortiq bo‘lgan tuman va shaharlarga qo‘shimcha 59,5 mlrd so‘m mablag‘ ajratish bo‘yicha qaror qabul qildi. Unga ko‘ra, 2022 yildan ichki yo‘llarni ta’mirlashga ajratiladigan 50 foiz mablag‘ «Ochiq budjet» axborot portalida aholi ko‘p ovoz bergan hududlarga yo‘naltiriladi.

Tashabbusli budjet bo‘yicha qator loyihalar jamoatchilikda shubhalarni keltirib chiqardi
7 sentabr 2021, 08:51

Tashabbusli budjet bo‘yicha qator loyihalar jamoatchilikda shubhalarni keltirib chiqardi

Qariyb 900 ta loyiha tashabbusli budjet bo‘yicha ovoz berishda g‘olib deb topildi, biroq ularning ayrimlari jamoatchilikda savollar va manipulyatsiyaga yo‘l qo‘yilgan, degan shubhalarni keltirib chiqardi. Jumladan, Chilonzor tuman hokimligida oshxona qurish, sektor shtabini ta’mirlash va obodonlashtirish xizmati xodimlari uchun asbob-uskunalar sotib olish bo‘yicha loyihalar kam ovoz bilan g‘olib bo‘lgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting